"Real" hujumchisi Eden Azar klub uning uchun katta pul to'lagan bo'lsa-da, uning o'yinidan norozi bo'lgan har bir madridlik muxlisga nima demoqchi ekanligini aytdi.
"Kechirasiz do'stim. Men harakat qilaman, lekin... Menda yana bir yil bor va buni isbotlashim kerak, lekin bu oson emas: men ko'p o'ynay olmayapman, lekin o'ynashni xohlayman... Bundan juda afsusdaman", - dedi Azar.
31 yoshli belgiyalik futbolchi 2019 yilning iyulidan buyon "Real Madrid" safida to'p surmoqda va ular safida 72 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan va 11 ta golga assistentlik qilgan.