"Real Madrid" va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionati boshlanishidan oldin eng yaxshi sport formasida bo'lishiga ishonmoqda.
"Qaymoqranglilar"ning 34 yoshli sardori bu mavsumda mushaklaridagi doimiy muammolar tufayli muntazam maydonga tushmayapti, ammo "Oltin to'p" egasining o'zi ham tan olganidek, u o'z tayyorgarligidan xavotirda emas. Jahon chempionati arafasida: "Jahon chempionati boshlanganda men yaxshi formada bo'laman. Men ruhiy va jismonan tayyorman. Hozir biroz noqulaylikni his qilyapman, lekin bu o'tib ketadi", dedi forvard.
Joriy mavsumda Karim Benzema “Real” safida 12 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.