"PSJ" "Real" yarim himoyachisi Toni Kroosni o'z safiga qo'shib olmoqchi, deya xabar beradi El Nacional.
Nashrning yozishicha, "PSJ" rahbarlari 32 yoshli germaniyalik uchun katta summa taklif qilishga tayyor. Kroos avvalroq faoliyatini "Real Madrid"da yakunlashni rejalashtirayotganini aytgandi, ammo Parij katta pul taklifi bilan rejalarini o'zgartirmoqchi.
Yarim himoyachining "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Frantsuzlar futbolchini kelasi yozda tekinga o'z safiga qo'shib olishga umid qilishmoqda. "PSJ" futbolchiga 3 yillik shartnoma taklif qilmoqchi, unga ko'ra u 100 million evro ishlab oladi. Klub, shuningdek, yarim himoyachiga shartnoma imzolaganlik uchun bonus sifatida 25 million evro to'lamoqchi.
Joriy mavsumda Kroos “Real” safida barcha turnirlar doirasida 18 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portaliga ko'ra futbolchining narxi 20 million evroga baholanmoqda.