Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroosning kelajagi hozirda noaniq bo'lib turidi. “Qaymoqranglilar” hali ham yarim himoyachiga yangi shartnoma taklif qilish yoki bermaslik haqida o'ylashmoqda, nemisning o'zi esa uning jismonan yuqori darajadagi o'yinlarga dosh berishga tayyorligiga shubha qilmoqda.
Sport.es xabariga ko'ra, "Manchester Siti" futbolchi bilan allaqachon aloqaga chiqa boshlagan va noaniqlikdan foydalanishga tayyor.
Kroosning amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyunida tugaydi, ya'ni futbolchi 1 yanvar kuni boshqa klublar bilan muzokara olib borishi mumkin. Ma'lum qilinishicha, "shaharliklar" 33 yoshli futbolchiga yuqori maosh taklif qilishga tayyor - yiliga taxminan 13-14 million evro.
Angliya klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ham "Bavariya"da birga ishlagan futbolchisi bilan ishlashni istaydi.
Kroos joriy mavsumda "Real" safida 18 ta o'yinda maydonga tushdi. Yarim himoyachida bitta gol va to'rtta golli uzatma bor.