"Real" va Belgiya terma jamoasi hujumchisi Eden Azar Madrid klubidagi kelajagi haqida gapirdi.
“Men “Real”ni tark etishni xohlamayman. Balki Qatardagi jahon chempionatidan keyin ahvolim o'zgarar. Albatta, men o'ynashni xohlayman, lekin tanlov murabbiyga bog'liq. Men uning qarorlariga qo'shilaman, lekin unga tez-tez o'ynashga loyiq ekanligimni ko'rsatmoqchiman. Agar maydonga tushmasangiz, buni qabul qilish qiyin ", - dedi Azar.