Futbolchining klub bilan yangi shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Futbolchining maoshi soliqlardan so'ng 4dan 7 million evroga qadar oshiriladi. SHartnomada shuningdek turli xil marralar uchun bonuslar ko'rsatilgan. Ular evaziga Rodrigoning maoshi yiliga 8 mln evrogacha chiqishi mumkin. "Real" prezidenti Rodrigo kelajakda "Oltin to'p"ni oladi deb hisoblamoqda.
21 yoshli braziliyalik o'tgan mavsum madridliklar safida 49ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 10ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.