"AS" xabariga ko'ra, shartnoma kamida 2024 yilgacha mo'ljallangan bo'ladi. Bu Madrid klubining asosiy maqsadiga aylanib ulgurgan.
Ammo Benzemaning shartnomasida bir band bor. Agarda Karim "Oltin to'p"ni oladigan bo'lsa, bu shartnomaga yana bir mavsum qo'shib beradi.
Ayni damda Karim Benzema "Oltin to'p" uchun asosiy nomzod bo'lib turibdi. Bu holat unga katta bonus pullariga ega bo'lishiga ham zamin yaratishi kutilmoqda.