"Sixth Street" nomli Amerika investiciya kompaniyasi ispan klubining La Liga uchrashuvlarining telehuquqlarining 10%ni 207,5 million evroga sotib oldi. "Sixth Street" TV-huquqlar orqali keyingi 25 yil davomida foyda ko'radi.
SHunday qilib, "Barsa" kapitalining umumiy o'sish ko'rsatkichi 267 mln evroni tashkil etadi.
Avvalroq klub moliyaviy holatini o'nglash uchun televizion huquqlarining 25% va atributikalar biznesining deyarli 50% sotishga qaror qilgani malum bo'lgandi.
"Sixth Street" bundan tashqari "San-Antonio" basketbol klubining 20%ga egalik qiladi, Qizig'i, ushbu kompaniya "Real"ga ham 380 million dollar moliya kiritgan. Madrid klubi stadiondan tushgan foydaning 30% amerikaliklarga o'tkazib beradi.