"AS"ning bugungi birinchi sahifasi nemis futbolchisi bilan bog'liq vaziyatga bag'ishlandi.
Tajribali futbolchining shartnomasi 2023 yilning iyunida yakuniga etadi va hozircha tomonlar hamkorlikni yana bir yilga uzaytirish borasida kelisha olishmayapti.
Manbaning takidlashicha, futbolchi mavsum davomida nima qilishni o'ylab ko'radi. U klubda qolishi va futbolchilik faoliyatini butunlay yakunlashi mumkin.
32 yoshli yarim himoyachi o'tgan mavsumda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.