"Real" Ispaniya chempionatining 21-turi doirasida qoldirilgan o'yinni o'tkazdi. «Selta» mehmoni bo'lgan Zidan shogirdlari 3 ochkoni qo'lga kiritishdi.
Uchrashuvning 10-daqiqasida Krishtianu Ronaldu jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba berib, hisobni ochdi. Shundan so'ng tashabbus vigoliklar tomoniga o'tdi. Keylor Navas bir nechta vaziyatda o'z jamoasini qutqardi.
Ikkinchi bo'lim esa hakamning qo'pol xatolari bilan yodda qoldi. Ramos o'z jarima maydonchasida Aspasni yiqitgani uchun penalti belgilash o'rniga referi hujumchiga ikkinchi sariq kartochkani berib, Yagoni maydondan chetlatdi.
Bungacha Ronaldu o'z hisobiga yana bitta gol yozishga ulgurgandi. "Selta" esa bir kishi kam bo'lib o'ynayotganiga qaramay, bitta javob to'pini kiritdi. Benzema esa oradan 1 daqiqa o'tib hisobni 1:3 ko'rinishga keltirdi. O'yin so'ngida Kroos hisob yirik bo'lishiga o'z hissasini qo'shdi.
Ushbu g'alabadan keyin "Real" o'z ochkolarini 90taga etkazdi va jadvalda peshqadam bo'lib oldi. So'nggi turda "Malaga" bilan o'yinda durang ham "Madrid"ni chempionga aylantiradi.
Ispaniya La ligasi, 21-turning qoldirilgan o'yini
SEL'TA – REAL MADRID 1:4
17 may, 00.00, «Balaydos»
Gollar: 0:1 – 10 Ronaldu, 0:2 – 48 Ronaldu, 1:2 – 69 Gvidetti, 1:3 – 70 Benzema, 1:4 – 88 Kroos.
Selta – Alvares, Kabral, Kastro, Ronkalya, Malo, Ernandes, Xosabed (Dias, 72), Sisto (Diop, 80), Vass, Gvidetti (Bovyu, 86), Aspas.
Real Madrid – Navas, Marselo, Ramos, Danilo, Varan, Kroos, Modrich, Kazemiro (Kovachich, 71), Isko (Vaskes, 84), Benzema, Ronaldu (Asensio, 84).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (30), Aspas (38), Kastro (64), Gvidetti (66), Malo (73), Ernandes (85), Ramos (85).
Chetlatish: Aspas (62).