26 yoshli Odriosola o'tgan mavsumni "Fiorentina"da ijarada o'tkazdi. Uning "binafsharanglilar" safidagi ishlashi muvaffaqiyatli ketmoqda, shu bois "qaymoqranglilar" unga yangi mavsumda imkon berishga qaror qildi. Ispaniyalik futbolchi so'nggi yillarda o'ziga o'rinbosar topilmayotgan himoyachi Dani Karvaxalga asosiy o'rinbosar bo'ladi.
Odriosolaning "Real" bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan. Agar u "Qirollik klubi" rahbariyatining umidlarini oqlamasa, Madrid jamoasi bilan xayrlashadi.
Eslatib o'tamiz, 2021/22 yilgi mavsumda ispaniyalik futbolchi “Fiorentina” safida barcha turnirlarda 27 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.