"Dunyoning eng zo'r klubida qolishni xohlayman", — deydi Vinisius.
Oldinroq malum bo'lganidek, "Real" va 21 yoshli o'yinchi shartnomani 2026 yilga qadar uzaytirish borasida kelishuvga erishishgan. Hujumchining maoshi 3,2 million evrodan 10 millionga qadar o'sadi. Vinisiusning tovon puli 1 milliard evroni tashkil etadi.
Braziliyalik futbolchi o'tgan mavsum "Real" tarkibida barcha musobaqalarda 52ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol a 16ta assist qayd etdi. Hujumchining Madrid klubi bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.