“Saloh Angliya kubogi finalida oyoq mushaklaridan jarohat oldi.
Keyin esa u “Vulverxempton”ga qarshi va CHempionlar ligasi finalida o'ynadi. Bularning bari 14 kun ichida yuz berdi.
U mavsum davomida eng ko'p daqiqa o'ynagan futbolchilar ro'yxatida ikkinchi bo'lib turibdi. Statistika shuni aytmoqda.
Biz futbolchilarning tibbiy xulosalarini qabul qilamiz va jo'natib turamiz. “Liverpul” unda muammolar borligi va rentgen qilish kerakligini aytdi”, deydi shifokor.