"UOL" xabariga ko'ra, Marselo va Dani Alves jamoa tarkibiga qo'shilishi mumkin. Ular yozda erkin agent sifatida "Real" va "Barselona"dan ketishi rasman malum qilindi.
"Real" va "Barselona" kabi jamoalarning sobiq futbolchisi Ronaldo ushbu mavsum LaLigaga qaytgan "Valyadolid"ning 51 foiz akciyalari egasi hisoblanadi. U klubiga bo'ladigan etiborning oshishi uchun ham vatandoshlarini jamoasiga olib kelishni reja qilmoqda.
Bu yo'lda u Marselo va Dani Alvesning maoshi sezilarli pasayishiga ham rozi bo'lishini kutilmoqda.