Mersisaydliklar Asensioning transferi bo'yicha uning agenti bilan uchrashgan. Ispaniyalikning o'zi esa faoliyatini muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'ladigan jamoada davom ettirishni istamoqda. Marko qaror qabul qilishga shoshilmayapti va bir necha oy oldin agenti Jorje Mendeshdan muqobil variantlarni topishni so'ragan.
Avvalroq, 26 yoshli yarim himoyachiga “Milan”, MYU, “Yuventus”, “Arsenal” va “Nyukasl” qiziqayotgani xabar qilingandi.