O'yinchiga "Liverpul" vingeri bir necha bor 2018 yil CHempionlar Ligasi finalidagi mag'lubiyat uchun "Real"da qasos olishi haqida gapirdi. Parijda o'tgan o'yinda esa "Real" 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
"O'yin yakunlanganda, "Real" o'yinchilari yugurishdi [xursandchilik uchun]. "Liverpul" o'yinchilari yonimizdan o'tib ketishdi, Salah xafa edi va boshini quyi solgandi. Modrich unga qaradi va "Rahmat, keyingi safar urinib ko'r" dedi. Men esa kulib yubordim.
Bugungi kunda barchasi zerikarli. U bizni yomon yo'l bilan g'azablantirmadi, aksincha, bu qarama-qarshilikni yaxshiroq qildi. Agar shunday vaziyatlar bo'lmasa, barcha futbol ko'rishni to'xtatgan bo'lardi. Maydon tashqarisida ko'plab narsalar sodir bo'ladi. Provokaciya hamma joyda bor, futbol ham bundan istisno emas", – deydi Rodrigo.