"Real" hujumchisi Garet Beyl o'zining eng katta kamchiligi nima ekanini aytdi.
"Men yalqovman - bu eng katta kamchiligimdir. Men jarohatlardan forig' bo'lsam va futbol o'ynasam, shunda o'zimni baxtiyor his qilaman.
Futboldagi eng qiyin narsa - har doim yo'lda bo'lish, boshqa mamlakatda yashash, uydan uzoqlarga ketib qolish.
Ba'zan oila, do'stlar davrasini qo'msayman, ammo safarga chiqish shart bo'lib qoladi. Undan qaytgach ham vaqt topolmayman, chunki yana mashg'ulotlar, tiklanib olish jarayonida ishtirok etishga majburman» - dedi Beyl El Pais xabarida.