"Albatta, Superliga hali ham "tirik". Hozir Lyuksemburg sudida ish bor, tez orada sud majlisi bo'ladi. Uning natijalariga ko'ra, biz ko'targan masalalar yuzasidan qaror qabul qilinadi. Biz Evropa hamjamiyatida o'z oramizda musobaqalar tashkil etishga haqlimiz deb hisoblaymiz. Hozirgi UEFA monopoliya ekanligini tushunamiz", – dedi Peres.
Avvalroq, "La Gazetta dello Sport" nashri "Yuventus" prezidenti Andrea Anelli Evropa Superligasining yangi loyihasini taqdim etishga tayyorlanayotgani haqida xabar bergan edi. "Barselona" va "Real Madrid" qiziqish bildirayotgan klublar bo'lib qolmoqda.
Eslatib o'tamiz, 2021 yilning bahorida Evropaning 12 klubi Superliga tashkil etilganini elon qilgan edi. Biroq keyinchalik muxlislar bosimi ostida to'qqizta klub loyihada ishtirok etishdan bosh tortgandi.