"Real" prezidentidan 23 yoshli hujumchi Franciya terma jamoasi homiylari uchun barcha jamoa futbolchilari borishiga majbur bo'lgan tadbirni rad etganini so'rashdi.
"Futbolchi – qo'shiqchi va aktyor emas. Bu jamoa, u erda barcha tengdir. Boshqadan balandda turadigan hech kim yo'q.
O'ylashimcha, unga ko'proq siyosiy bosim tasir o'tkazdi. Menimcha, u o'zini qafasdagidek his qildi. Butun hayoti davomida "Real"da o'ynashni orzu qilishini aytdi, yakunda esa ... U juda qiyin davrni boshidan kechirishi kerak edi.
U bularning barchasiga duch keldi va vahimaga tushib qoldi. Tasavvur qiling, Ispaniya qiroli "Betis" o'yinchisiga qo'ng'iroq qilmoqda va klubdan ketmaslikni aytmoqda – buni aqlimga sig'dira olmayman", – deydi "Real" prezidenti.