"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu so'nggi o'yinlardagi omadsizliklar va salbiy natijalarning sababini biladi.
32 yoshli futbolchining fikriga ko'ra, yarimhimoya chizig'ida o'ynaydigan Kazemiro, Luka Modrich va Toni Kroos jamoaning muhim o'zagiga aylangan. Ularning birgalikda maydonga tushirilmasligi so'nggi omadsizliklarning asosiy sababidir.