"Real" prezidenti Florentino Peres bosh murabbiy Zayniddin Zidanning ishidagi kamchiliklarni sanab o'tdi.
Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, mulozim klubning dastlabki turlarda hujumdagi o'yinidan norozi bo'lgan. Bundan tashqari, Morata va Diasning ketishida bosh murabbiyning aybi ham borligini ta'kidlagan.
Peresning fikriga qaraganda, "Chelsi"da yaxshi o'yin namoyish qilayotgan Alvaro Morata va "Lion"da yaxshi debyut qilgan Mariano Diasni qo'yib yuborish haqidagi qaror noto'g'ri bo'lgan.