Insayder Nikola Skiraning xabar berishicha, rimliklar 30 yoshli ispaniyalik uchun 3 yillik shartnoma taklif qilgan. Iskoning o'zi esa “bo'rilar” safiga o'tishga qarshi emas, Joze Mourinyu bilan birga ishlashni xohlamoqda.
30 yoshli hujumkor yarim himoyachi joriy mavsum “Real” safida 14 bahsda qatnashib, bitta gol urdi. Avvalroq, u erkin agentga aylangani xabar qilingandi.