"O'shanda hamma mening fikrimni to'g'ri tushundi, deb o'ylayman. Karim Benzema menga mikrofonni berganida nima deyishni bilmay qoldim. Bu gaplar miyamda tezda paydo bo'ldi.
"Real"ga o'tishim - faoliyatimning eng yuqori cho'qqisida amalga oshgandi. Dunyoning eng yaxshi klubiga yaxshi holatda etib kelgandim. Ammo barchasi o'ylagandek bo'lmadi. Jaxlim chiqdi va kayfiyatim tushib ketdi. SHaxsiy hayotimda ham ko'plab yomon holatlar bo'ldi. Biroq barchasi ham daxshatli darajada emasdi.
Ajoyib insonlar bilan ko'rishdim, top-futbolchilar bilan bir jamoadaman. SHartnomam yana ikki mavsum davom etadi. SHu sababli kelasi mavsumda hech bo'lmasa normal darajada o'yin ko'rsatishim kerak. Yozda o'zimning yuqori jismoniy holatimga qaytib olishga harakat qilaman. Meni oldinda mo'jizakor yillar kutib turganiga ishonaman. SHunchaki o'zimga ishonishim va tanamni o'zimga bo'ysundirishim kerak.
Murabbiy ham shartnomam yana 2 yil amal qilishini biladi. Dastlabki 3 yil yomon o'tdi. Biroq barchaga hali qanday futbolchiligimni ko'rsatishim kerak. "Real"da o'ynash hali hamon mening orzum. Oilam bu erda baxtli, endi muxlislarni ham xursand qilishim kerak", - dedi yarim himoyachi.