32 yoshli uelslik futbolchi Madrid klubida 2013 yildan beri harakat qilayotgan edi.
"Buni jamoadagi oldingi va hozirgi sheriklarimga, shuningdek murabbiylarga, "Real" xodimlari va meni qo'llab quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildirish uchun yozyapman. "Real"ga to'qqiz yil oldin juda ham yosh paytimda orzuimni ro'yobga chiqarish va ushbu klubda o'ynashni xohlab kelganman. Men "Real" libosida, ko'kragimda "Real" ramzida "Santyago Bernabeu"da o'ynashni, kuboklarni qo'lga kiritishni va buyuk klubning bir qismi bo'lishni xohlaganman. Hozir ortga qarar ekanman, to'g'risini aytsam, orzuim ro'yobga chiqqanini ko'ryapman va hatto ortig'i bilan. "Real"ning bir qismi bo'lish va biz birgalikda erishganlarimiz - ajoyib tajriba va buni hech qachon unutmayman. Bu men uchun g'urur edi. Rahmat!", - deb yozdi Beyl ijtimoiy tarmoqda.
Hujumchi "Real" tarkibida 3 bor La Liga g'olibi, bittadan Ispaniya Kubogi va Superkubogi, 5 bor CHempionlar Ligasi, 2 bor UEFA Superkubogi va 4 bor klublar o'rtasidagi JCHda g'olib bo'ldi.