"Real" yarimhimoyachisi Garet Beyl o'tgan mavsumda jarohatlardan azob chekkanini aytdi.
"Ko'proq dam olishim kerak edi deb aytishga oson. Biroq, uch oy jarohatlanib yotgach, tezroq maydonga qaytishni istaysan. O'tgan mavsumda ko'p marta og'riq qoldiruvchi dorilar bilan o'ynaganman.
Endi esa bu ishimning xato ekanini tushunib turibman. Men yaxshi o'ynashim uchun oxirigacha davolanishim kerak edi. Tovonimdagi og'riq bor kuchim bilan o'ynashga halaqit berdi", - dedi Beyl El Pais xabarida.
Eslatib o'tamiz, 28 yoshli Beyl o'tgan mavsumda "Real" tarkibida 27 o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urdi.