Oxirgi kunlarda madridliklar francuz yarim himoyachisining transferi bo'yicha muzokaralarni kuchaytirgan. "Monako" CHuamenini 80 mln evroga baholamoqda. "Real" vakillari esa ushbu summani tushirishga harakat qilmoqda.
Avvalroq, CHuameni va La Liga grandi o'rtasidagi kelishuv 2027 yilgacha mo'ljallangani xabar berilgandi. PSJdan Kilian Mbappening transferi barbod bo'lgandan keyin, "qaymoqranglilar" 22 yoshli Orelenni o'z safiga qo'shib olishga urinmoqda.