"Real" "Liverpul" (1:0)ni Vinisius Juniorning 59-daqiqadagi goli evaziga mag'lub etdi.
Benzema birinchi taym so'nggida gol urdi, ammo Kleman Tyurpen boshchiligidagi hakamlar brigadasi o'yindan tashqari holatda turgan forvardga to'p yarim himoyachi Fabinoning tizzasidan kelgan bo'lsa ham golni ofsayd sabab bekor qildi.
"Real" adolat g'alaba qozonganini his qilmoqda, sababi Karim Benzemaning birinchi taymda urgan goli bekor bo'ldi - bu xato.
Federiko Valverde to'pga birinchi bo'lib etib bordi, ammo to'pga so'nggi bo'lib Fabino tekkani yaqqol ko'rinib turgandi. VAR bu tasodif yoki rostdan ham atayin qilingan harakatmi, shuni hal qilishi kerak edi. Fabinoning to'pga etib borish uchun oldinga cho'zilganini hisobga olsa, men buni oldindan bilib qilingan harakat deb aytardim.
Ammo, VAR bunday emas deb qaror chiqardi. Balki ular maydondagi hakamning qarorini qo'llab-quvvatlashga qaror qilishgandir. "Liverpul"ning esa omadi keldi", - dedi sobiq futbol hakami.