Xose Luis Martines-Almeyda - "Atletiko" muxlisi, Tibo Kurtua esa 2011-2014 yillar davomida jamoa sharafini himoya qilgan.
Kurtua "Liverpul" (1:0)ga qarshi CHempionlar Ligasi finali oldidan aytgandi: "Real" finalga qadar etib borganda, uni yutgan. Endilikda men to'g'ri tomondaman".
"Real"ning musobaqadagi g'alabasini nishonlashida ishtirok etgan Madrid meri: "Real" o'zida XX asrning eng yaxshi klubi maqomini saqlab turibdi... Ayni paytda esa XXI asrning ham".
So'ngra Martines-Almeyda Kurtuaga murojaat qildi: "Sen bir necha yillar menga zavqni sovg'a qilgansan. CHin yurakdan senga bitta narsani aytishimga izn ber: sen bilan Lissabonda yig'laganlar ham to'g'ri tomonda".
"Real" 2014 yilda "Atletiko"ni CHempionlar Ligasi finalida 4:1 (qo'shimcha taymlardan so'ng) hisobida mag'lub etgan edi. Kurtua o'sha o'yinda "roxiblankos" darvozasini qo'riqlagan.