Televizion tushumlar va UEFAdan “covid” solig'i chegirib qolinganini hisobga olgan holda turnir g'olibi ECHL tarixidagi rekord summani qo'lga kiritdi. “Real” 133 mln sohibiga aylandi va PSJ tomonidan 2020/21 yilgi mavsum o'rnatilgan natija (131 mln evro)ni yangiladi.
“Covid” solig'i esa bonuslarning 3 foizini tashkil qiladi va u yana uch yil davomida saqlanib turadi.
Finalda madridliklarga mag'lub bo'lgan “Liverpul”ga esa UEFAdan 118 mln evro, “Man Siti”ga 108 mln evro, “Bavariya”ga 99 mln evro o'tkazib beriladi.