"Uchrashuv oldidan "Liverpul" o'tish yo'laklaridagi turniketlar soxta chiptalarni sotib olgan minglab muxlislar tomonidan to'sib qo'yildi.
Buning natijasida ko'plab muxlislar ichkariga kirishga harakat qilishdi. Natijada haqiqiy chiptaga ega bo'lgan muxlislarning stadionga kirishiga imkon berish uchun o'yin boshlanishi 35 daqiqaga kechiktirildi.
Bahs boshlanganidan keyin stadion tashqarisidagi insonlar soni ortib bordi, policiya ko'zdan yosh oqizuvchi gazni qo'llab, ularni stadionni tark etishga majbur qilgan.
UEFA ushbu voqealardan jabrlanganlarga hamdardlik bildiradi va bu muammolarni zudlik bilan Franciya policiyasi va rasmiylari, shuningdek, Franciya futbol federaciyasi bilan hal qiladi", – deyiladi tashkilot bayonotida.