"Bir necha yil, uzoq va mashaqqatli mehnat... Bu klub mening hayotim.
Finalga qadar biz to'g'ri yo'ldaligimizni aytgandim. "Liverpul" muxlislari va ularning tomonlaridagi insonlarning gaplarini ham eshitib ko'rdim. Ammo haqiqat men aytgandek. Albatta, gaplarimdan keyin odamlar tayoq ko'tarib meni quvlashini bilardim. Biroq men doimo odamlar bilan ochiq gaplashishni yaxshi ko'raman.
O'yinning boshidanoq gol o'tkazib yubormasligimni his qilib turgandim. O'yinning boshidanoq ECHL sovrinini yutishimizni sezib turgandim.
Eng yaxshilar doimo "Real"da o'ynaydi. Biz hech qachon qo'lni tushirib, taslim bo'lmaymiz, oldinda ko'plab sovrinlar bor. Biz o'zimiz o'ynaydigan har bir turnirni yutishimiz kerak", - dedi Kurtua.