Ispaniya chempionatining 17-turidan o'rin olgan «Real» - «Barselona» o'yini sanasi o'zgardi.
La Liga qaroriga binoan, Madriddagi o'yin 20 dekabr kuni emas, balki 23 dekabr, shanba kuni o'tkazildigan bo'ldi.
Marca xabariga ko'ra, «Real» klublar o'rtasidagi jahon chempionatidagi ishtiroki sabab, o'yinni ko'chirishni iltimos qilgan va bunga ijobiy javob olgan.
Eslatib o'tamiz, turnir BAA davlatida 6-16 dekabr kunlari o'tkaziladi.