"Real" klubi "MYu" darvozaboni David De Xeani qo'lga kiritish fikridan qaytmagan.
Sky Sports xabariga ko'ra, madridliklar 2018 yil yozida uni xarid qilishga urinib ko'radi.
Futbolchining "MYu" bilan imzolagan shartnomasi 2019 yilgacha amal qiladi. Agar tomonlar uni uzaytirmasa, De Xea "Real"ga o'tishi mumkin.
2015 yil yozida De Xeaning "Real"ga o'tishiga bir bahya qolgan, biroq klublar uning transferini rasmiylashtirishga ulgurmagan edi.