Taniqli futbol agenti Mino Rayola hujumchi Neymarning «Barselona»dan «PSJ»ga 222 million evroga o'tishi borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Transfer bozorida hech qanday g'ayritabiiy narsa ro'y bergani yo'q. Hamma Neymar haqida gapirmoqda. Ammo Zidanning «Real»ga o'tishiga qarasak («Yuventus» 2001 yilda Zayniddinni 75 mln evroga sotgan) hamda inflyatsiya va homiylar kabi omillarni inobatga olsak, bu transferlar teng kuchli hisoblanadi.
Bundan tashqari, «Barselona»ning o'zi Neymarni sotib olish uchun katta pul sarflagandi. Endi uni klub emas, butun boshli mamlakat sotib oldi», – dedi Rayola.