"Men "Milan"daman, shartnomam tugashiga ikki yil qoldi va bu erda o'zimni uydagidek his qilyapman.
Klub vakillaridan daxlsiz ekanligimni eshitishdan mamnunman. "Real Madrid" tomonidan qiziqish bo'layotganidan xursandman, lekin bu boradagi xayolimni yig'ib olib, ikki oyog'im ustida mustahkam turibman", – dedi portugaliyalik hujumchi.
Eslatib o'tamiz, A Seriyaning so'nggi mavsumida "Milan" 11 yil ichida ilk bor chempion bo'ldi.
Leau Italiya chempionatida 34 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.