Albatta, dunyo nigohi yilning eng qiziqarli qarama-qarshiligiga qaratilgan. Turli taxminlar, fikrlar yangramoqda. O'yindan oldin mulohazalar yuritilyapti. Biz esa o'zimizning sobiq futbolchilar Server Jeparoa va Kamoliddin Murzoevga yuzlandik.
"SHiddatli va muxlislarbop futbol kutmoqdaman. SHunday bo'ladi ham. "Real" ham, "Liverpul" ham ko'p vaziyatlar yaratishadi. Umumiy qilib aytganda, hujumkor o'yin ko'rsatadigan jamoalar to'qnashuvini ko'ramiz. Men esa chiroyli futbol tarafdoriman", – dedi Server Jeparov.
"Bu o'yindan qaynoq harorat kutyapman. "Real" muxlisiman. CHiroyli o'yin ko'ramiz. Yarim finaldan o'rin olgan "Manchester Siti" bilan bellashuvdagi kabi o'yin bo'lishini istardim", – dedi Kamoliddin Murzoev.