"Liverpul" CHempionlar Ligasini yutadi deb o'ylamayman. Men Parijdagi final haqida, "Real" va bu jamoa o'yinlarini nimaning hisobiga yutayotgani, aqlbovar qilmas "kambek"lari haqida ko'p o'yladim.
Aynan shu vaqtda 1999 yil va o'sha "MYU"ning "kambek"lari va oxirgi daqiqalarda g'alabani ilib ketishlarini esladim. Gap bizning yarim himoyamizda edi: Kin, Batt, Skoulz, Giggz va Bekxem. Ularning barchasi zo'r darajada va fenomenal o'yin ko'rsatardi.
Men "Real"ning yarim himoyasiga qararkanman: Kazemiro, Kroos, Modrich, Valverde va Kamavinga — bu besh futbolchi "Real"ni birinchi daqiqadan to oxirigacha olg'a boshlamoqda.
O'ylashimcha, "Liverpul" yarim himoyasi — ularning kuchsiz liniyasi va so'nggi 15 daqiqada o'sha besh xavbek "Real"ga g'alaba keltiradi.