Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Liverpul" – "Real Madrid": ECHL kubogi va "Oltin to'p" uchun kurash

Bugun butun dunyo bo'ylab futbol ishqibozlari nigohi Parijda bo'lib o'tadigan o'yinga qaratiladi.

.
- Yuklab olish

To'rt yil avval bu jamoalar CHempionlar Ligasi finalida to'qnash kelishgani yodingizda bo'lsa kerak. Kievda o'tgan o'yin La Liga vakilining ishonchli g'alabasi bilan yakunlangandi. "Real" Evropaning klublar miqyosida eng nufuzli musobaqasida 13 bor g'alaba qozongani bilan maqtana oladi. "Liverpul" esa to'qqiz marta hal qiluvchi o'yinda maydonga tushgan va olti bor kubokni o'ziniki qilib olgan.

Avvalgi to'qnashuv startida Ramos bilan to'qnashuvdan keyin Salax o'yinni davom ettira olmagani, Kariusning xatolari natija inglizlar uchun salbiy bo'lishini taminlagani ko'p bor aytilgan. "Real" muxlislari esa bu o'yinning bir qismi ekanligi va raqib xatosiga aynan ispanlarning bosimi sabab bo'lganini, "Real" ECHLning eng muvaffaqiyatli jamoasi bo'lib qolaverishini ro'kach qilishadi.  

Finalga qadar jamoalar bosib o'tgan yo'l haqida ko'pchilik, bir necha bor gapirdi va o'zingiz ham yaxshi bilasiz. SHuning uchun har ikki klubning hal qiluvchi bahsgacha kimlar bilan kuch sinashganiga qayta to'xtalmaslikka qaror qildik.   

Xo'sh, bu safar o'yin qanday bo'ladi-yu, natija kimni quvontiradi? Jamoalarning finalga qanday holatda etib kelganini o'rganishga urinib ko'ramiz.

"Liverpul"

1. "Liverpul" bu yil ajoyib sport formasida 

"Liverpul" kuzni ancha omadli o'tkazdi, CHempionlar Ligasi guruhida 6 o'yinda 6 g'alaba. Biroq Angliya chempionatida "qizillar" 16 ochko yo'qotib, "Manchester Siti"ni qochirib yuborishdi. Odatda Yurgen Klopp jamoalarida bunday holat kuzatilmasdi. Biroq 2022 yil "Liverpul" ajoyib sport formasiga kirib oldi: "mersisaydlar" Angliya Liga Kubogi va Angliya Kubogida zafar quchishdi, ECHL pley-offining har bir to'qnashuvida dastlabki bahsdayoq o'zlariga ustunlik yaratib, finalgacha etib kelishdi, APL chempionlik poygasi oxirgi turgacha davom etdi va "Manchester Siti" bilan farq bir ochkoginani tashkil qildi.

2022 yil umumiy hisobda "Liverpul" 34 o'yinda maydonga tushdi va 28 tasida g'alaba qozondi, mag'lubiyat bittagina ("Inter"dan ECHL 1/8 finali javob o'yinida). Qayd etish lozim, "Liverpul" bu yil ikkita Kubok finalini yutishga ulgurdi (har ikki safar "CHelsi" qarshilik ko'rsatdi), shuningdek, so'nggi yillardagi asosiy raqibi "Manchester Siti"ga biror marta ham yutqazmadi: chempionat o'yini durang (2:2), Angliya Kubogida esa "mersisaydlar" (3:2) ustun kelishdi.

2. Fabino va Tyago Alkantara finalda ishtirok eta oladimi?

Finalga bir necha kun qolganida ham "Liverpul"ning ikki asosiy futbolchilari jarohat sabab umumiy guruh bilan shug'ullana olmadi - gap yarim himoyachilar Tyago Alkantara va Fabino haqida ketmoqda. Ammo har ikki futbolchini hal qiluvchi bahsda hattoki asosiy tarkibda ham ko'rishimiz ehtimoli yo'q emas. Yakuniy qaror bevosita o'yindan oldin qabul qilinadi.

"Har ikki futbolchi uchun vaziyat normal. Fabino bilan hammasi joyida. U odatiy rejimda shug'ullandi. Tyago kecha ham, bugun ham umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazdi. Qolganini vaqt ko'rsatadi", - dedi Yurgen Klopp o'yindan oldingi matbuot anjumanida.

Bundan tashqari himoya etakchisi – Virdjil van Deyk safga qaytdi. Gollandiyalik APLning oxirgi ikki turini tizzasidagi jarohat sabab o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi, lekin hozir barchasi joyida va u "Real"ga qarshi finalga astoydil tayyorgarlik ko'rmoqda.

"Real Madrid"

1. "Real" jismoniy tarafdan ustunlikka egami?

"Liverpul" APL chempionligidan so'nggi turgacha umid qildi – 22 may kuni "Vulverxempton" bilan bo'lgan uchrashuvda Yurgen Klopp amalda asosiy tarkibni maydonga tushirdi. "Qizillar" may oyida 5 ta uchrashuvda ishtirok etishdi, etiborlisi ularning hech biri oson o'tmadi. "CHelsi" bilan bahs 120 daqiqa davom etdi. 

"Real"da esa vaziyat tamomila teskari bo'ldi: 30 aprel kuni madridliklar Ispaniya chempionligini rasmiylashtirib qo'yishdi, "qaymoqranglilar" o'zlari uchun chindan muhim bo'lgan oxirgi o'yinni 4 may kuni o'tkazishdi – ECHL yarim finalida "Manchester Siti"ga qarshi o'yin. Undan keyin "qaymoqranglilar" Primeraning 4ta uchrashuvida ishtirok etishdi. Karlo Anchelotti ularning faqat ikkitasida asosiy tarkib vakillarini maydonga tushirdi. Uch hafta davomida "Real" bor etiborini ECHL finaliga tayyorgarlikka qaratgan. Bu vaqt ichida asosiy futbolchilar kerakli tonusni yo'qotmasligi va kerak miqdorda dam olishi taminlandi. 

2. Madridliklar eng kuchli tarkibi bilan o'ynashga tayyor

CHempionlar Ligasining pley-off bosqichida "Real" muntazam ravishda tarkib borasida muammolarga duch keldi. Har safar yo u futbolchi, yo bunisi malum sabablarga ko'ra maydonga tusha olmadi. Mana misol Karlos Kazemiro jarohat, Daniel Karvaxal yoki David Alaba sog'lig'i bilan muammolarga duch keldi. Avstriyalik jarohati sabab may oyini to'liqligicha maydon tashqarisida o'tkazdi, "Real" va muxlislari baxtiga u finalga tayyor holatda etib kelmoqda. Madridliklarning deyarli barcha futbolchilari jarohatidan qutilgan: hattoki Eden Azar va Garet Beyl kerak bo'lsa, maydonga tushishga tayyorlar.

3. Karim Benzema va tajriba "Real" foydasiga

Madridning "Real" klubi o'z tarixida 17-marta ECHK/CHL finaliga etib keldi, 16 tadan 13 tasida "qaymoqranglilar" zafar quchgan. Ha, qirollik klubi klublar o'rtasidagi asosiy evromusobaqada azaldan muvaffaqiyatli ishtirok etib keladi. Biroq jamoaning aynan shu tarkibi ayniqsa ECHLni yaxshi ko'radi. Oxirgi 8 yilning o'zida "Real" 4 marta ECHL finaliga qadar etib borgan va har safar kubokni o'ziniki qilgan.

Bunday boy tajriba bu mavsumda ham o'z so'zini aytmay qolmadi: madridliklar PSJ, "CHelsi" va "Manchester Siti" bilan to'qnashuvda ham autsayder sifatida ko'rilgandi. Har uchala raqibga "qaymoqranglilar" xG bo'yicha yutqazishdi. "Real" raqiblari to'p bilan ko'proq muomalada bo'lib, bir qarashda o'yinni nazorat qilgandek bo'laverdi, ammo madridliklar har safar kerakli pallada "portlab" o'zlari uchun zarur natijaga erishib ketaverdi.

Bundan tashqari Karim Benzema hayotidagi eng yaxshi mavsumini o'tkazayotganini unutmaslik zarur: hujumchi hozirga kelib 44 ta gol urishga erishdi, ulardan 10 tasi – ECHL pley-offida. Bu o'yinda Karim 200% kuchini berishi aniq, axir u nafaqat ECHL kubogi, balki "Oltin to'p" uchun ham kurash olib bormoqda. nashrining reytingi bo'yicha aynan "Liverpul"ning ikki vakili Salax va Mane franciyalikning asosiy raqibi bo'lib turibdi. Finaldagi g'alaba francuzni o'sha to'pga yanada yaqinlashtirishi aniq, balki hal qiluvchi, oxirgi qadam ham bo'lar.

BestMaster
28 May 2022, 18:00
liverpul, real, madrid, echl, kubogi, oltin, uchun, kurash,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads