Jurnalist Jerar Morenoning xabariga ko'ra, 21 yoshli vinger "Real Sosedad" o'yinchisiga aylanadi.
Vengriya terma jamoasi o'yinchisining "Leypcig" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali o'yinchini 28 million evroga baholamoqda.
Soboslai joriy mavsum barcha musobaqalarda 44ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 9ta assist qayd etdi.