"Real Madrid" klubi darvozaboni Tibo Kurtua "Liverpul"ga qarshi bo'ladigan ECHL finali haqida gapirdi.
"Sakkiz yil avval men birinchi marta ECHL finalida o'ynagandim. O'shanda g'alaba qozona olmagandim. Ammo ertaga barchasi amalga oshadi. Agar "Real" finalga chiqsa, unda albatta g'alaba qozonadi. Men bu safar to'g'ri tarafdaman", -deydi Tibo Kurtua.
Eslatib o'tamiz, final bellashuvi 28 may kuni Parijda o'tkaziladi.