Malum bo'lishicha, portugaliyalik futbolchiga "Real" tomonidan qiziqish bor. Madridliklar hujumchi uchun 120 million evro to'lashga tayyorlar.
Uning "Milan" bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan. "Rossoneri" esa kelishuvni 2026 yilgacha uzaytirmoqchi.
Yaqin orada italiyaliklar bu bo'yicha futbolchining agenti Jorje Mendesh bilan muzokara o'tkazadi.
22 yoshli hujumchi ushbu mavsumda 42 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.