"Klub men bilan shartnoma uzaytirmoqchi emas. Men hozir klub uchun shunchaki axmoqona insonman", - dedi Marselo.
Marseloning "Real" bilan shartnomasi 2022 yil 30 iyuniga qadar davom etadi. Braziliyalik futbolchi klubda qolishni istaydi, ammo "qirollik klubi"ning kelasi mavsum rejalarida braziliyalik futbolchi yo'q.
Marselo 2007 yildan buyon "Real" tarkibida o'ynamoqda.