"Real" futbolchilari Marko Asensio va Isko "Levante"ga (1:1) qarshi La Liga bahsida jamoadoshi Garet Beylning o'yinidan norozi bo'lgan.
Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, bosh murabbiy Zayniddin Zidanning uelslik futbolchini har safar maydonga tushirishi va uning samarasiz o'yini borgan sari ko'proq futbolchiga yoqmayapti.
O'yindagi vaziyatlarning tahlili davomida Isko va Asensio bosh murabbiydan Beylning xatolariga e'tibor qaratishni so'ragan.