Madrid klubi o'yinchining shartnomasini uzaytirish borasidagi vaziyatdan foydalanmoqchi.
26 yoshli nemis Myunxen klubi bilan muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolganidan norozi, uning jamoadoshlari Leon Gorecka va Joshua Kimmix ancha tezroq yangi shartnomaga imzo chekishdi.
Futbolchining myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Gnabri joriy mavsum barcha musobaqalarda 44ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 10ta assist qayd etdi.