"Levante"ga qarshi uchrashuvdan so'ng Zinedin Zidan press-konferensiyada ishtirok etdi.
"Biz o'zinimizdan qoniqish xosil qilishimiz kerak emas, ayniqsa 1-bo'limdagi o'yinimizdan. Biz ikkinchi bo'limda biroz yaxshiroq o'yin namoyish etdik, ammoa ochko yo'qotdik. Bilaman, uchrashuv boshi juda muhim va raqiblar tezkor gol kiritganidan xafaman, bu birinchi emas. Biz bundan ham kuchliroq o'yin ko'rsatishimiz kerak. Men mavsum oldi tayyorgarlikdan xavotirda emasman, tayyorgarliklar xuddi o'tgan yilgidek boo'ldi."
Vaziyatlar amalga oshirish bo'yicha:
"Vaziyatlar haqida mavzu ochilar ekan, biz vaziyatlardan foydalanish bo'yicha koeffitsientlarni oshirishimiz kerak. Qachonki, sen "Valensiya"ga qarshi o'yindagidek vaziyatlar yaratsang yoki "Levante"ga qarshi 2-bo'limdagidek, demakki vaziyatlar bo'lmoqda. Biroq bu futbol. Chorshanba kuni bizni yana bir uchrashuv kutib turubdi va biz bu uchrashuvga tayyorgarlik ko'ramiz. Biz o'z o'yinimizni ko'rsatib ochko jamg'arishni xohlaymiz. Biz yaxshi formadamiz va buni isbotlashimiz kerak. Bizda imkoniyatlar ko'p bo'lmoqda ammo ulardan foydalana olmayapmiz. "
Rotatsiya haqida:
"Men bu vaziyatni o'zgartirmayman, menga shunday jamoa yoqadi. Qarorni men qabul qilaman va buni o'zgartirmayman. Bitta xatoni deb qarorimni o'zgartirish niyatim yo'q. Men to'g'ri deb bilgan ishni qilaman."
Hujum chiig'i haqida:
"Karim jarohat oldi va umid qilaman jarohat jiddiy emas. Krishtianu Chempionlar Ligasidagi o'yinda maydonga tushadi va keyin ko'ramiz."