"Men faqatgina PSJni tanlamadim, men Franciyani tanladim. "Real"ga "yo'q" deganim yo'q. Men PSJ va Franciyaga "ha" dedim. Bu muhim faktor. O'z davlatimda yashashni istadim. Men buning muhimligini yanada chuqurroq tushuna boshladim. Atrofimdagilar menga Franciyada yaxshiroq bo'lishini tushuntirishdi. Qachonki buyuk futbolchi bo'lishni istayman, deganimda, albatta, nafaqat maydonda, balki uning tashqarisidagi hayotimni ham nazarda tutgan bo'laman.
PSJdagi tarixim tugagani yo'q. Futboldan shunchaki muhim futbolchi sifatida emas, balki, afsonaviy sifatida ketishni istayman. Sen doimo tarixni o'zgartirishing kerak, keyinchalik aytib berishing emas. Bu yangi shartnoma orqali PSJning tarixiga kiraman", - dedi Mbappe.