"Levante"ga qarshi uchrashuvdan so'ng fransiyalik himoyachi Teo Ernandez OAV intervyu berib o'tdi.
"Men asosiy tarkibda debyut uchrashuvda maydonga tushganimdan xursandman, ammo natijadan biroz xafaman. Biz har doim 3 ochko uchun kurashib kelganmiz, lekin endi bor e'tiborimizni Chempionlar Ligasiga qaratishimiz kerak. Bugun biz xatoliklarga yo'l qo'ydik bundan esa "Levante" unumli foydalandi." - deydi himoyachi.