"To'g'risini aytsam, bu "Real" bo'ladimi yoki "Liverpul", farqi yo'q. Kerakli tovon puli doimo muhimroq. Taklif klubning eng yaxshi o'yinchilaridan birini sotishga ko'ndirish uchun juda ham yaxshi bo'lishi kerak", - deydi Mitchell.
O'yinchi joriy mavsum "Monako" safida barcha musobaqalarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Yarim himoyachining klub bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt 22 yoshli xavbekni 40 million evroga baholamoqda.