"Kilian yana 3 yil PSJda qoladi. Bu nafaqat bizning klub, balki, Franciya va chempionat uchun ham muhim bo'ldi. Bu tanlov klub uchun kuchli signal bo'ldi. Dunyoning eng yaxshi futbolchisi bizda qoladi. U bizga ko'proq g'alabalar qozonishimizda yordam beradi.
U bilan ilk kunimizdanoq kuchli aloqa o'rnatganmiz. Balki hozir buni tushunmassiz, keyinchalik tushunib olasiz. Biz hech qachon raqamlarni yashirmaganmiz, shu bilan birga o'rtada pul asosiy o'rinda emasligini ayta olaman. CHunki Ispaniya klubi bizdan ko'ra ko'proq to'lamoqchi edi", - dedi Helayfi.
Oldinroq olingan malumotlarga ko'ra, PSJ "sodiqlik uchun" Mbappega 300 million evro to'lagan, undan tashqari, 3 yillik shartnomada unga 100 million evro maosh ko'rsatilgan.