Ushbu o'yinda "Real Madrid" Ispaniya chempioni sifatida harakat qilsa, "Betis" mamlakat kubogi g'olibi sifatida maydonga tushib keladi. Quyida ushbu o'yin haqidagi bazi malumotlar:
La Liga, 38-tur
"Real Madrid" - "Real Betis"
Statistika nima deydi:
▪ So'nggi 6 bahsda: 2 marta "Real" g'alaba qozongan, 2 bor "Betis"ning qo'li baland kelgan va yana 2 ta uchrashuvda durang qayd etilgan.
▪️ Bu mavsumidagi uy uchrashuvigacha "Betis" "Real"ga 4 o'yindan buyon yutqazmayotgandi.
▪️ Oxirgi marta "Real" "Betis" ustidan uyda 16/17-yilgi mavsumda g'alaba qozongan. G'alaba goliga Serxio Ramos mualliflik qilgan.
"Real"ga bugun: Alaba va Migel Guterres yordam bera olmaydi.
" Betis"da esa - Montoyya, Ruiz, Belerin, Kamarasa va Bravo.
Malumot uchun, uchrashuv O'zbekiston vaqti bilan 23:59da start oladi.